Angliya: de Breynening qaytishi va «Chelsi»da qatorasiga uchinchi g‘alaba

«Chelsi» — «Fulhem» 1:0
Gol: Palmer (45+4, penalti).
«Chelsi» – Petrovich, Gyusto (Gilkrist, 90+3), Silva, Disasi, Koluill, Gallaher, Fernandes, Palmer (Chukvuemeka, 90+2), Kaysedo, Sterling (Chiluell, 77), Broya (Madueke, 66).
«Fulhem» – Leno, Tete (Kastan, 64), Adarabioyo, Diop, Robinson, Kerni, Uilson (Dekordova-Rid, 64), Pereyra (Rodrigo Muniz, 82), Palinya (Lukich, 83), Villian, Ximenes.
Ogohlantirishlar: Gyusto (38), Uilson (49), Fernandes (58), Disasi (75), Silva (79), Palmer (79).

Hafta o‘rtasida «Chelsi» Angliya ligasi kubogi yarimfinalida «Midlsbro»ga qarshi kechgan ilk o‘yinni boy bergandi (0:1) va «Fulhem» bilan o‘yin ham oson kechmadi. Birinchi bo‘limdagi eng xavfli vaziyat mehmonlar tomonidan yaratildi, Uilsonning zarbasini Petrovich qiyinchilik bilan qaytardi, ammo arbitr tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Palmer Sterlingni qulay vaziyatga chiqardi, u esa raqib himoyachisi bilan kontaktdan keyin kerakli pallada yiqildi, Palmer esa bu safar ham «nuqta»dan adashmadi. Bu uning APL joriy mavsumida 17 o‘yindagi 9-goli bo‘ldi, shundan 5 tasini penaltidan urgan.

Umuman, Maurisio Pochettino shogirdlari APLning bu mavsumida 11 metrlik jarima zarbasi ishlashda tengsiz (8) — shundan uchta holatda arbitrlar Sterlingga nisbatan fol qayd etishgan. «Chelsi» qolgan vaqt davomida ham qator vaziyatlarga ega bo‘ldi, Gallaherning zarbasi ustunga tegdi, lekin minimal hisob saqlanib qoldi. Va bu chempionatda qatorasiga uchinchi g‘alabaga aylandi. «Chelsi»da bunday seriya 2020 yil iyulidan buyon kuzatilmagandi va endi londonliklar turnir jadvalida sakkizinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

«Nyukasl» — «Manchester Siti» 2:3
Gollar: Isak (35), Gordon (37) — Silva (26), de Bryuyne (74), Bobb (90+1).
«Nyukasl» – Dubravka, Trippiyer, Sher, Botman, Bern, Gimaraes, Longstaff, Mayli, Almiron, Gordon (Holl, 86), Isak.
«Manchester Siti» – Ederson (Ortega, 8), Uoker, Ake, Diash, Gvardiol, Kovachich, Silva (de Bryuyne, 69), Rodri, Foden, Doku (Bobb, 82), Alvares.