Imomali Rahmon Rog‘un GESini ishga tushirdi (video)

Foto: Asia-Plus
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon tantanali ravishda Rog‘un gidroelektr stansiyasining birinchi agregatini ishga tushirdi va shu tariqa stansiya ishiga start berdi.
Marosimda stansiyani qurganlar, faollar, olimlar, yoshlar, mehnat faxriylari, Dushanbedagi diplomatik korpus vakillari va dunyoning turli nufuzli tashkilotlari hamda uyushmalari mutaxassislari ishtirok etishgan. Shuningdek, marosimda O‘zbekiston, Rossiya, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Italiya delegatsiyalari, tojikistonlik va xorijiy jurnalistlar ham qatnashgan.
Tojikiston prezidenti agregatni ishga tushirishdan oldin GESni qurganlar bilan suhbat qurgan va ular bilan birga suratga tushgan.
«Bugun bizda bayram. Barcha tojikistonliklar uchun cheksiz bayram, chunki uzoq kutilgan voqea yuz berdi. Biz Rog‘unni ishga tushirdik va u ilk elektr energiyani bera boshladi. Bu sana tojik xalqining tarixiga oltin harflar bilan muhrlanadi», deb aytgan Rahmon.
Stantsiya qurilishida 25 mingdan ko‘proq quruvchi, muhandis va boshqa texnik xodimlar ishtirok etgan. Rog‘un GESining barcha 6 ta gidroagregati ishga tushirilgach, u respublikadagi Nurek GESidan 1,5 marta ko‘proq elektr energiya ishlab chiqara boshlaydi.
Agregat respublikaning umumiy energetik tizimiga ulangan.

2016 yil 29 oktabrda Tojikiston prezidenti ishtirokida GESning to‘g‘oni qurilishi boshlangan. O‘sha kuni Rahmon buldozer ruliga o‘tirib, Vaxsh daryosi o‘zanini to‘sish bo‘yicha ishlarga start bergandi.
Rog‘unda umumiy hisobda loyihaviy quvvati 600 megavattlik 6ta gidroagretat o‘rnatiladi, stansiyaning jami quvvati 3600 MVtni tashkil qiladi. Bu esa uni Markaziy Osiyodagi eng yirik GESga aylantiradi.
Loyihaga ko‘ra, GES to‘g‘onining balandligi 335 metrni tashkil qiladi. E'tiborlisi, loyiha yakuniga yetkazilgach, ushbu to‘g‘on o‘z turidagi dunyodagi eng balandi bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

17:14 / 12.04.2025
Tojikistonda internetda «layk» bosganlik uchun jinoiy jazo bekor qilindi

20:20 / 31.03.2025
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat rahbarlari Xo‘jand qal’asini tomosha qildi

12:58 / 31.03.2025
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi «tarixiy shartnoma» imzolandi

11:37 / 31.03.2025