8312.64 USD -2.21

9456.46 EUR +48.21

125.22 RUB +1.37

10578.7 GBP -23.60

03:17 / 16.11.2018 9946

Millatlar Ligasi. Xorvatiya qo‘shimcha daqiqalarda gol urib, Ispaniyani mag‘lub etdi

Foto: Shutterstock

Millatlar Ligasi 5-turidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinlar o‘tkazildi. 

Xorvatiya terma jamoasi o‘z maydonida Ispaniyani qabul qilib, irodali g‘alabaga erishdi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv mezbonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Uchrashuvning 54-daqiqasida Kramarich hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 2 daqiqa o‘tib, Sebalos farqni yo‘qqa chiqardi. 69-daqiqada Yedvay yana mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi, biroq ispanlar 9 daqiqadan so‘ng Ramosning 11 metrlik jarimadan unumli foydalangani evaziga hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Mezbonlarga g‘alaba keltirgan gol 93-daqida Yedvay tomonidan kiritildi. 

Belgiya terma jamoasi esa o‘z maydonida Islandiyani qabul qilib, ishonchli g‘alabaga erishdi 2:0. Ikki golga ham Batshuayi mualliflik qildi. 

Xorvatiya – Ispaniya 3:2 (0:0, 3:2)

Gollar: 1:0 – 54 Kramarich, 1:1 – 56 Sebalos, 2:1 – 69 Yedvay, 2:2 – 78, penalti Ramos, 3:2 – 90 Yedvay.
Xorvatiya – Kalinich, Lovren, Yedvay, Vrsalko, Vida, Modrich, Brozovich, Perishich, Rakitich (Vlashich, 68), Rebich (Brekalo, 74), Kramarich (Pyatsa, 89).
Ispaniya – De Xea, Ramos, Alba, Serdji Roberto, Martines, Saul (Suso, 74), Buskets, Sebalos, Isko, Rodrigo (Asensio, 61), Aspas (Morata, 64).
Ogohlantirishlar: Rebich (70), Buskets (87), Perishich (88), Sebalos (90).

Belgiya – Islandiya 2:0 (0:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 65 Batshuayi, 2:0 – 81 Batshuayi.
Belgiya – Kurtua, Alderveyreld, Kompani (Denayyer, 84), Boyata, Mene, Vittsel, Tilemans, Azar, Azar (Vanaken, 75), Batshuayi, Mertens (Yanuzay, 75).
Islandiya – Xalldoursson, Skulason, Ingason, Foluson, Arnason, Sigurdsson (Sigtorsson, 64), Paulsson, Traustason, Gunnarsson, Gudmundsson (Torsteynsson, 87), Magnusson.
Ogohlantirishlar: Gudmundsson (31), Kompani (52), Boyata (66).

Lyuksemburg – Belarus 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 37 Dragun, 0:2 – 54 Dragun.

San-Marino – Moldova 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 77 Domashkan.

Andorra – Gruziya 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 9 Chakvetadze, 1:1 – 63 Martines.

Gretsiya – Finlyandiya 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 25, avtogol Granlund.

Vengriya – Estoniya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 8 Orban, 2:0 – 69 Salai.

Avstriya – Bosniya va Gertsegovina 0:0 (0:0, 0:0)

Top