2022 yilgi jahon çempionatida dastlabki finalçi aniqlandi.
Birinçi yarimfinalda Argentina Xorvatiya bilan töqnaş kelib, raqib darvozasiga javobsiz 3ta töp kiritdi. Messi hisobni oçgan bölsa, Alvares dublga erişdi.
Leo ajoyib reydi orqali assistni ham öz hisobiga yozdirib qöydi va uşbu mundialda gol+paslar soni böyiça Fransiya hujumçisi Kilian Mbappeni (7) ortda qoldirib, peşqadamga aylandi — 8. Töpurarlar poygasida esa ikkala futbolçida ham gollar soni tenglaşdi — 5.
Argentinaning finaldagi raqibi 14 dekabr oqşomidagi Fransiya-Marokaş bahsida aniqlanadi. Final 18 dekabr kuni bölib ötadi.
JÇ-2022. Yarimfinal
Argentina — Xorvatiya 3:0
13 dekabr, «Lusail»
Gollar: Messi (34, penalti), Alvares (39, 69).
Argentina – Emiliano Martines, Molina (Foyt, 86), Otamendi, Romero, Talyafiko, De Paul (Palasios, 74), Mak Allister (Korrea, 86), Paredes (Lisandro Martines, 62), Fernandes, Messi, Alvares (Dibala, 74).
Xorvatiya – Livakoviç, Yuranoviç, Lovren, Gvardiol, Sosa (Orşiç, 46), Modriç (Mayer, 81), Kovaçiç, Brozoviç (Petkoviç, 50), Perişiç, Paşaliç (Vlaşiç, 46), Kramariç (Livaya, 72).
Ogohlantirişlar: Livakoviç (32), Kovaçiç (32), Romero (68), Otamendi (71).








