Xorvatiya Marokashni mag‘lub etib, bronzaga ega chiqdi
Xorvatiya yana bir bor jahon chempionatlari sovrindori, Marokash esa - tarixga kirib bo‘lgan.

Foto: Pavel Golovkin / AP / Scanpix / LETA
Qatarda o‘tayotgan jahon chempionatida 3-o‘rin uchun bahs yakuniga yetdi.
«Xalifa» stadionida o‘tgan uchrashuvda Xorvatiya va Marokash o‘zaro to‘qnash keldi. Uchrashuvning 7-daqiqasida Perishichning uzatmasidan keyin Gvardiol bosh bilan Bunu darvozasini ishg‘ol etib, hisobni ochdi – 1:0.
Oradan ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas marokashliklar himoyachisi Ashraf Dari bosh bilan Livakovich darvozasini ishg‘ol etib, muvozanatni tikladi – 1:1.
Bo‘lim oxirida yana xorvatlar hisobda oldinga chiqib olishdi – Miroslav Orshich xorvatlarning yakunda g‘alaba keltiruvchi goli muallifiga aylandi – 2:1.
Watching this beautiful goal from Mislav Orsic on repeat 🤩#LetItFly with @qatarairways pic.twitter.com/6tfnzs4Nxi
— FIFA World Cup (@FIFAWorldCup) December 17, 2022
Ikkinchi bo‘limda Marokashning hisobni tenglashtirish uchun barcha urinishlari zoye ketdi.
Another #FIFAWorldCup, another medal for Croatia! 🇭🇷#Qatar2022
— FIFA World Cup (@FIFAWorldCup) December 17, 2022
Zlatko Dalich shogirdlari mundialning bronza medaliga ega chiqishdi.
Xorvatiya uchun bu jahon chempionatlarida qatorasiga ikkinchi turnirda sovrindor bo‘lishi. 2018 yilda Rossiya mezbonligida kechgan turnirda xorvatlar finalga chiqib, Fransiyaga 2:4 hisobida mag‘lub bo‘lishgan va kumush medallar bilan taqdirlangan. Ular 1998 yilda o‘z tarixidagi ilk ishtirokida ham bronza medallarga sazovor bo‘lishgandi. Bu safar ular yarimfinalda Argentinaga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.
Marokash mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay tarixiy natijani qayd etib bo‘lgan. Ular Afrikaning jahon chempionati yarimfinaliga qadar yetib kelgan ilk vakili bo‘lishgandi. Ammo yarimfinalda fransuzlarga 0:2 hisobida yutqazishdi.
Jahon chempionati 18 dekabr kuni yakunlanadi. Messi boshchiligidagi Argentina amaldagi chempion Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.
JCh-2022. 3-o‘rin uchun o‘yin.
Xorvatiya – Marokash 2:1
Gollar: 1:0 – 7 Gvardiol, 1:1 – 9 Dari, 2:1 – 42 Orshich.
Xorvatiya – Livakovich, Stanishich, Shutalo, Gvardiol, Perishich, Modrich, Kovachich, Mayer (Pashalich, 66), Kramarich (Vlashich, 61), Orshich, Livaya (Petkovich, 66).
Marokash – Bunu, Hakimi, Al-Yamiq (Amalla, 67), Ashraf Dari (Banun, 64), Attiyyat-Alla, Amrabat, Sobiri (Shoir, 46), Al-Xannus (Unai, 56), Ziyosh, Bufal (Zaruri, 64), An-Nosiri.
Ogohlantirishlar: Unai (69), Amalla (84).
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukrainadagi jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘i bo‘ylab to‘xtatishni taklif qildi - FT
Jahon | 01:32
-
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi
O‘zbekiston | 23:20 / 22.04.2025
-
Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:14 / 22.04.2025
-
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi
Jahon | 23:01 / 22.04.2025
Mavzuga oid

02:01 / 15.12.2022
JCh-2022. Fransiya Marokashni mag‘lub etib, ikkinchi finalchiga aylandi

02:03 / 14.12.2022
JCh-2022. Argentina Xorvatiyani yirik hisobda yengib finalga yo‘l oldi, Messida gol+assist, Alvaresda dubl

23:03 / 27.11.2022
JCh-2022. Xorvatiya Kanadani yirik hisobda yengdi, Kramarichdan dubl

20:30 / 10.06.2021