08:17 / 17.11.2018
12897

AQSh va Ukraina «Shimoliy oqim - 2»ga qarshi birlashdi

Foto: EPA/JENS BUETTNER

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin bilan uchrashuvda ma'lum qilishicha, Kiyev va Vashington «Shimoliy oqim - 2» gaz quvuri loyihasini amalga oshirishga qarshi birgalikda ish olib boradi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Pompeoning fikriga ko‘ra, loyiha Ukrainaning iqtisodiy va strategik xavfsizligini zaiflashtirmoqda, shuningdek, uning bildirishicha, Rossiya gaziga bog‘liq bo‘lgan Yevropa davlatlari suverenitetiga tahdid solyapti.

«Biz yevropalik do‘stlarimiz siyosiy-iqtisodiy bosim qurboniga aylanishlarini istamaymiz, Rossiya buni sovet ittifoqi qulligidan ozod bo‘lgani uchun Ukrainada sinovdan o‘tkazdi», - dedi Pompeo. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UXX sobiq rahbari Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urush oqibatlarini baholagandi.

Top