19:30 / 17.11.2018
4704

Britaniya IIV FXXning viza berishga ta'sir ko‘rsatishga uringani haqidagi xabarlarga izoh berdi

Foto: Kirill Kallinikov / RIA Novosti

Federal xavfsizlik xizmati TLScontact (Rossiyada Britaniya vizasi olish uchun berilgan arizalar bilan shug‘ullanishga mas'ul kompaniya) xodimini yollashga uringani haqidagi xabarni izohlar ekan, Buyuk Britaniya IIV vakili aslida Birlashgan Qirollikka kirishga ruxsat berish masalasi viza markazi tomonidan emas, balki Buyuk Britaniyadagi xodimlar tomonidan hal qilinishini bildirdi. 

«TLS shunchaki ariza qabul qiladigan tashkilot. U Britaniya vizasi berilishi borasidagi qarorlarga hech qanday ta'sir o‘tkaza olmaydi, chunki uning bu masalaga mutlaqo aloqasi yo‘q», — dedi u RBK bilan suhbatda.

Avvalroq Bellingcat va Insider FXX Vadim Mitrofanov ismli TLSContact kompaniyasi xodimini hamkorlik qilishga majburlaganini bildirgandi. Mitrofanovning aytishicha, maxsus xizmatlar undan Britaniya vizasi olish uchun kimlar hujjat topshirayotgani bilan qiziqqan. U shuningdek, FXX viza markazining ichki tizimiga kirishni istagan. Aytilishicha, bundan maqsad Buyuk Britaniyaga kirishga ruxsat berilishiga ta'sir ko‘rsatish bo‘lgan.

Mitrofanovning o‘zi esa (Bellingcat uning haqiqiy ism-sharifi o‘zgartirilganini bildirgan) AQShdan siyosiy boshpana so‘ragan. 

Top