20:40 / 24.11.2018
7109

Ispaniya Gibraltar masalasi bo‘yicha YeI bilan kelishuvga erishdi

Ispaniya Gibraltar masalasi bo‘yicha kelishuvga erishilgani sababli Brexit bo‘yicha kelishuvga qo‘yilgan vetoni bekor qiladi. Bu haqda Ispaniya hukumati raisi Pedro Sanches ma'lum qildi.

"Yevropa va Buyuk Britaniya Ispaniya  tomonidan bildirilgan talablarga rozi bo‘ldi, shu sababli Ispaniya vetoni bekor qiladi va 25 noyabr kuni YeIning favqulodda yig‘ilishida Brexit bo‘yicha kelishuvga rozilik beradi", -dedi u. 

25 noyabr kuni Bryusselda YeI davlat va hukumat rahbarlarining favqulodda yig‘ilishi o‘tkaziladi. Unda Brexit bo‘yicha kelishuv loyihasi ma'qullanishi kutilmoqda. Madrid Ispaniya va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi bahsga sabab bo‘layotgan Gibraltar hududi sababli kelishuvga veto qo‘yish bilan tahdid qilib kelayotgandi.

Top