Jahon | 17:54 / 11.07.2021
7514
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada og‘ufurushlarni ta'qib qilayotgan vertolyot dengizga quladi

Foto: El Estrecho Digital

Ispaniya bojxona xizmati vertolyoti og‘ufurushlarga qarshi amaliyot vaqtida Gibraltar bo‘g‘oziga quladi. Mundo nashrining xabar berishicha, voqea oqibatida vertolyot ekipajining 3 nafar a'zosidan bir nafari halok bo‘lgan.

Halokatga nima sabab bo‘lgani noma'lum. Voqea 11 iyulga o‘tar kechasi yuz bergan. Vertolyot og‘ufurushlarni ta'qib qilayotganda sohildan 60 km uzoqlikda to‘satdan dengizga qulagan va uning tubiga ketgan. Vertolyot mexanigi halok bo‘lgan, ekipajning qolgan 2 a'zosini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan. 

Ispaniya fuqaro gvardiyasidagi manbalarning xabar berishicha, voqea yuz bergan hududda oxirgi kunlarda og‘ufurushlar faollashib qolgani kuzatilmoqda.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid