Omonulla Madayev: «Yaqin-yaqingacha til haqida aytganlarimiz qirqib tashlanardi»

Taniqli folklorshunos olim, filologiya fanlari nomzodi Omonulla Madayev «Kun.uz» muxbiri bilan suhbat qurdi.
Olim bugungi kunda o‘zbek tiliga nisbatan munosabat, jamiyatdagi o‘zgarishlar va ta'lim tizimi to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
U o‘zbek tilining qadri va unga e'tibor haqida so‘zlarkan, davlat tilining maqomi va qadri haqida gapirilgan achchiq haqiqatlar yaqin yillargacha «kesib tashlanishi» holatlari kuzatilgani, jonli efir bo‘lmasligiga alohida to‘xtalib o‘tadi.
Omonulla Madayev bilan suhbatning ikkinchi qismi tez kunda «Kun.uz»ning YouTube va Mover tarmoqlaridagi kanallariga yuklanadi.
Youtube'da ko‘rish

Mover'da ko‘rish
Ma'lumot uchun, Omonulla Madayev 1942 yilning 20 mayida Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1964 yil Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. 1958 yil Toshkent shahar 1- sonli maktab-internat o‘qituvchisi, 1964 yil Toshkent shahar 82-sonli o‘rta maktab o‘qituvchisi sifatida ishlagan. 1966 yil ToshDU O‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasida ishlagan, 1982 yildan Toshkent davlat universitetining o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat olib borgan.
Omonulla Madayev O‘zbekistondagi abituriyentlarni tayyorlovchi ilk darslarni tashkil etgan pedagog bo‘lib, ma'lum vaqt O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti dekani sifatida ham faoliyat yuritgan.
Omonulla Madayev o‘zbek xalq og‘zaki ijodi, adabiyotshunoslik va pedagogikaga oid bir qator darsliklar muallifi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonlik jangarilar Suriyada Rossiya harbiy bazasiga hujum qildi – OAV
Jahon | 21:36
-
«Credit House» ishida 182 mlrd so‘m zarar aniqlandi
Jamiyat | 20:52
-
Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban tor doirada muzokara o‘tkazdi
O‘zbekiston | 20:47
-
Zelenskiyning Trampni og‘dirishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi – OAV
Jahon | 20:43
Mavzuga oid

00:04 / 03.03.2019
Og‘ir judolik: Omonulla Madayev vafot etdi

08:20 / 06.12.2018