8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

16:17 / 30.11.2018 30121

FVV «Qamchiq» dovoni bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi

Foto: FVV matbuot xizmati

Joriy yilning 30 noyabr kuni kechasi va 1 dekabr kuni tongda «Qamchiq» dovonining A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lida kuchli qor yog‘ishi kuzatiladi. 

FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tuman tushadi, yo‘lning ko‘rinish chegarasi 50-100 m.ni tashkil qiladi. Shamol tezligi 18-23 m/s.gacha kuchayadi, yo‘lda qor uyumlari to‘planib, yaxlaydi.

«Ob-havoning keskin pasayishi va yo‘lda harakatlanishda noqulayliklar tug‘ilishini inobatga olib, yo‘lda ehtiyot choralarini ko‘rishingizni so‘raymiz», - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FVV «Qamchiq» dovonidagi yo‘l harakati tirbandligi sababini ma'lum qilgandi.

Top