11 fevral kuni soat 23:40 atrofida Qamçiq dovonining Namangan viloyati Pop tumanidan ötgan hududida DAF va Isuzu yuk maşinalari örtasida yöl-transport hodisasi sodir böldi, deya xabar bermoqda Yöl harakati xavfsizligi xizmati.

Qayd etilişiça, xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yölining 222-kilometrida 41 yoşli haydovçi K.Y. DAF yuk avtomobilini (yengil avtomobillarni taşuvçi) boşqarayotib harakat xavfsizligini ta’minlamasdan, yölning xavfli buriliş qismida boşqaruvni yöqotgan.

Söngra qarama-qarşi yönalişni ajratib turuvçi tösiqqa urilib, qarşisidan kelayotgan 32 yoşli haydovçi J.A. boşqaruvidagi Isuzu yuk avtomobili bilan töqnaşgan.

Oqibatda ikkala haydovçi hamda uç nafar yölovçi tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. YTH vaqtida DAF yuk transport vositasiga ortilgan bir qança yengil avtomobillar pastlikka tuşib ketgan.

Mazkur YTH yuzasidan Namangan viloyati IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş odamlar ölimiga sabab bölsa) bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan oldinroq Kun.uz manbasi Qamçiqda avtotreyler YTHga uçraşi oqibatida 6 kişi halok bölgani aytilayotganini xabar qilgandi.