10:47 / 01.12.2018
4644

O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat delegatsiyalari uchrashuv o‘tkazdi

2018 yilning 26-30 noyabr kunlari Olmaota shahrida O‘zbekiston - Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasidagi O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi hukumatlari delegatsiyalarining majlisi bo‘lib o‘tdi.

TIV xabariga ko‘ra, uchrashuvlar chog‘ida 2018 yilda o‘tkazilgan ishlar sarhisob qilindi hamda kelasi yil uchun bajariladigan ishlar belgilab olindi.

Majlis do‘stona vaziyatda va hamjihatlik ruhida bo‘lib o‘tdi, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, tadbir yakunida Bayonnoma imzolangan. Qo‘shma komissiyaning keyingi majlisi O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lib o‘tadi.

Top