8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

16:25 / 05.12.2018 4434

Dasturlash bo‘yicha chempionat g‘olibi 10 mln so‘mga ega bo‘ldi

Toshkentda dasturlash bo‘yicha Wincode chempionatining final bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Chempionat «Jamoaviy veb-dasturlash» va «Biznesga yo‘naltirilgan masalalarni yechishda 1S freymvorkidan foydalanish» yo‘nalishlari bo‘yicha saralash va final bosqichlarida o‘tkazildi. Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 52 million so‘mga teng.

Saralash bahslarida «Jamoaviy veb-dasturlash» yo‘nalishida O‘zbekistonga bag‘ishlangan sayt-vizitka yaratish vazifasi berildi. Topshiriq shartlariga ko‘ra, sayt Mobile First tamoyillari asosida va eng ilg‘or SEO-usullarini qo‘llagan holda tayyorlangan bo‘lishi, O‘zbekistonga tashrif buyurish va sayohat qilish istagini uyg‘ota olishi kerak edi. 

«Biznesga yo‘naltirilgan masalalarni yechishda 1S freymvorkidan foydalanish» yo‘nalishida turlar bo‘yicha arizalarni boshqarish tizimini yaratish topshirig‘i bajarildi. 

Saralash bosqichida berilgan topshiriqni bajarish uchun 37 ta ariza kelib tushgan bo‘lsa, ulardan 12 tasi final bosqichiga yo‘l oldi.

Venkon Group tomonidan tashkil etilgan Xakaton shaklida o‘tgan final bosqichida ishtirokchilarga kompyuterni o‘qitish, ijtimoiy tarmoqlardagi ma'lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash uchun sun'iy aql texnologiyalaridan foydalanish taklif etildi.

Musobaqa yakunida Telegram messenjerida xabarning “kayfiyatini” aniqlaydigan va tahlil qiladigan, shuningdek, yirik guruhlar va kanallar boshqaruvi uchun juda qulay bo‘lgan chat-bot yaratgan “TATUNF” Nukus filiali g‘olib deb topildi.

Top