Uzbek.life’ning bu galgi suhbatdoşi Germaniyadagi nufuzli Anaconda kompaniyasi muhandis dasturçisi Jahongir Rahmonov böldi. Qahramonimiz Toşkentdagi Xalqaro Vestminster universitetini tamomlagan.

“LinkedIn” orqali iş taklifi kelgan
Andijonda tuğilganman. Lekin, Namanganda yaşab ulğayganim uçun maktab va akademik litsey tahsili “gullar şahri”da keçgan.
Keyin Toşkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida grant asosida öqidim. Ikki yil oldin Germaniyaga köçib keldim.
Bu yerga keliş jarayoni qiziq bölgan. Aniqroği, Toşkentda işlab yurgan paytlarim menga “LinkedIn” platformasi orqali Delivery Heröda işlaş taklifi keldi. Hujjatlarimni onlayn ravişda taqdim qildim. Bir qator sinovlardan ötganimdan keyin ular menga iş taklifini yuborişdi va men uni imzoladim. Biroq örtada viza oliş jarayoni çözildi. Nihoyat 2019 yil oxirida Germaniyaga, Delivery Hero kompaniyasining Boş ştab-kvartirasida muhandis dasturçi sifatida işlaş uçun köçib keldim.
Hozir esa Anaconda kompaniyasida işlab kelyapman.

Jinoyat, öğrilik va korrupsiyaga guvoh bölmaysiz
Germaniyaning ijobiy taraflari köp. Masalan, birgina mamlakatning Yevropa qit’asida eng kuçli iqtisodiyotga ega ekanligini aytişim mumkin. Bu öz navbatida mahalliy aholining yaşaş şaroitiga ijobiy ta’sir körsatgan. Qolaversa, bu yerda jinoyat, öğrilik va korrupsiya holatlariga deyarli guvoh bölmaysiz. Nemislar ham oçiqfe’l, kömak berişni yoqtiradigan xalq.
Transport sohasida ham infrastruktura juda yaxşi yölga qöyilgan. Poyezdlar, metrolar, tramvaylar, avtobuslar, hammasi yaxşi işlaydi. Ayniqsa, velosiped işqibozlariga şaroit qilib berilgan. Şuning uçun aksariyat hamkasblarim işxonaga velosipedda qatnaşadi.














