14:47 / 11.12.2018
27411
Dunyodagi eng g‘aroyib pullar

Pul sivilizatsiyamiz mavjudligining asosi sanaladi. Dunyoda tanga, qog‘oz pul va elektron pullardan foydalanmaydiganlar juda kam. Pulni boyish uchun emas, zavq uchun to‘playdigan numizmatlar ham bo‘ladi. Ularga quyidagi eng g‘aroyib pullar juda yoqishi tabiiy.

«Yulduzlar jangi» qahramonlari aks etgan tangalar

Tinch okeanidagi mitti Niue davlatida pul ishlab topish usullari kam bo‘lgani sababi uni ana shu yo‘l bilan amalga oshirishga qaror qilishdi. Ya'ni “Yulduzlar jangi” filmi ishqibozlari uchun kollektsion tangalar chiqarishdi. Bu pullarda filmdagi eng mashhur qahramonlar aks ettirilgan. Ana shunday tangalardan biri 390 dollar turadi.

Malika Diana aks ettirilgan tanga

Dunyo Malika Dianani uning go‘zalligi, ezguligi va ochiq ko‘ngilligi uchun yaxshi ko‘rardi. Kuk orollarida ham uni  jondan ortiq ko‘rishgan, hatto Diana Spenser fojiasining o‘n yilligiga bag‘ishlab tanga ham chiqarishgan.

QR-kodli tangalar

QR-kodlar tobora ommalashib bormoqda. Biroz vaqt ilgari u faqat Yaponiyada qo‘llanilar edi. Endi esa Niderlandiyada QR-kodli ilk tangalar chiqarildi. Kodda ushbu mamlakatning Moliya vazirligi  saytiga havola shifrlangan.

Plastik pullar

Butun dunyo naqd pullar o‘rnini bosuvchi plastik kartalarga ko‘nikdi. Ayrim mamlakatlar, masalan Kanadada esa plastik pullardan foydalaniladi! Bu kupyuralarga ishonchli bo‘lish va uzoq muddat xizmat qilish imkonini beradi.

Yig‘iladigan tangalar

IKEA va LEGO mahsulotlari namunasi dizayner Mak Funamizu (Mac Funamizu)da yig‘iladigan tangalar yaratish ishtiyoqini oshirdi. Masalan, bunday bir dollarli tangani to‘rtta qismga 25 sentdan yoki bir qismini ikkita 25 sentdan 50 sent qilib taqsimlash mumkin.

Million dollarli pul

Hozirda dollar banknotalarining eng yirik nominali bu – 100. Biroq undan katta masalan, 200, 500, 1000 va hatto 1000000 (million) nominali ham bo‘lgan.  To‘g‘ri million dollarlik nominal faqat suvenir ko‘rinishda chiqarilgan. Masalan, 1988 yilda million banknotasi Xalqaro millionerlar klubiga a'zolik chiptasi sifatida chiqarilgan.

Banknotaning eng katta nominali

Nominali bo‘yicha eng katta banknota 1946 yilda Vengriyada urushdan keyingi inflyatsiya va denominatsiya vaqtida chiqarilgan. Uning nominali sekstillion penge (o‘sha vaqtdagi venger valyutasi) ya'ni milliard dona trillionga teng bo‘lgan (bir sonidan keyin yigirma bitta nol).

Nur taratuvchi pullar

Har birimiz qorong‘uda pul sanash murakkabligini bilamiz. Ana shu muammoning yechimi sifatida qorong‘uda yonadigan Luminous Paper Money kontsepti ishlab chiqilgan. Bunday kupyuraning har bir nominali pulning rangiga qarab nur taratishi mumkin.

Hajmli pullar

Somalida tekis tangalarga ishonishmaydi shekilli. Shuning uchun uchburchak, shar va kub shaklidagi pullar chiqarilgan.

Banknota-bino

Litvaning Kaunas shahridagi Easy Office ofis markazini dunyodagi eng g‘aroyib banknota deb atash mumkin bo‘lsa kerak. U mavjud bo‘lmagan ming lit kupyurasi ko‘rinishida!

Top