Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bölinmalari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Jizzax viloyati Ğallaorol tumanida 33 yoşli Yu.A. (ayol) sodir etgani aniqlandi.

Gumonlanuvçi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan Yu.A. jabrlanuvçi R.N.ning yaqin tanişi ekani, şuningdek unga bildirmasdan SMS-xabarnoma (soxta havola) yuboriş orqali şaxsiy ma’lumotlarini qölga kiritib, uning bank mobil ilovasiga ikkinçi foydalanuvçi sifatida ulanib olgan va 1 550 000 söm pullarni özining foydalanuvida bölgan bank plastik kartasiga ötkazib olgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, Yu.A.ing sodir etilib foş etilmay qolgan boşqa şu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekşiriş yuzasidan tezkor-suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, JKning 169-moddasi 3-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uçun 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan.