WSJ: AQSh va YeI yordamisiz Kiyev o‘zi pul chiqarishga majbur bo‘ladi
2024 yilda Ukraina 40 milliard dollarlik budjet taqchilligiga duch keladi hamda ish haqi, pensiya va subsidiyalarni to‘lashdan bosh tortish Zelenskiy uchun og‘ir oqibatlarni keltirib chiqaradi, deb yozadi WSJ.

Foto: Getty images
AQSh va Yevropa Ittifoqi yordamisiz Kiyev hukumat ishi moliyalashtirilishini ta’minlash uchun og‘riqli choralar ko‘rishi kerak bo‘ladi: u ish haqi to‘lashni to‘xtatishi va budjet taqchilligini qoplash uchun pul chop etishni boshlashi mumkin. Bu haqda 22 yanvar kuni iqtisodchilar va Ukraina rasmiylariga tayangan holda The Wall Street Journal nashri yozdi.
Ukrainada budjet taqchilligi
Joriy yilda Ukraina 40 milliard dollarlik moliyaviy taqchillikka duch kelishi mumkin, bu 2023 yildagidan biroz kamroq, deya eslatadi nashr. Bu pul hukumat ishini davom ettirish, aholiga maosh, pensiya va subsidiyalar to‘lash uchun kerak. AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan mablag‘ bu summaning taxminan 30 milliard dollarini qoplashi kutilgandi. Biroq, Kongressdagi demokratlar va respublikachilar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli Vashingtondan yordam kechiktirildi va Yevroittifoqdan 2027 yilgacha bo‘lgan 50 milliard yevro miqdoridagi makromoliyaviy yordam paketi Vengriya tomonidan bloklandi.
Ukraina moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda banklar foydasiga soliq joriy etildi, soliq tushumlarining bir qismi qayta taqsimlandi va fevralgacha budjet xarajatlarini qoplashi kerak bo‘lgan ichki qarzlar hajmi ko‘paydi. Biroq, Ukraina moliya vazirligi rahbari o‘rinbosari Olga Zikovaning so‘zlariga ko‘ra, bu choralar cheklangan ta’sirga ega va Kiyevning barcha hamkorlari mamlakatga qanchalik zudlik bilan qo‘shimcha yordam kerakligini tushunyapti.
«Agar yordam tezda yetib kelmasa, Ukraina hukumati naqd pulni saqlab qolish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishga majbur bo‘lishi mumkin, - deb ta’kidlaydi WSJ. - O‘z navbatida, harbiy yordam ko‘rsatishdagi kechikishlar Ukrainaning muvaffaqiyatsiz qarshi hujumdan keyin to‘xtab qolgan harbiy operatsiyalarni o‘tkazish qobiliyatiga zarba beradi».
Ehtimoliy tejamkorlik choralari
Kiyev maoshlarni kechiktirish yoki o‘z banklari va mahalliy investorlardan ko‘proq qarz olish orqali yana bir necha oyni «yutishi» mumkin. Biroq, oxir-oqibat, Ukraina pul chop etishga majbur bo‘ladi, bu «Venesuela kabi mamlakatlarda iqtisodiy inqirozga olib kelgan strategiyadir», deb ta’kidlaydi nashr mualliflari.
Kiyev iqtisodiyot maktabi eksperti Natalya Shapoval ham Ukrainada pul bosmaxonasini ishga tushirishga to‘g‘ri keladi, degan fikrga moyil. Uning eslatishicha, mamlakat hozirda deyarli barcha resurslarini mudofaaga sarflayapti va 2024 yilda yuz minglab odamlarni safarbar etish niyatida ekan, bu xarajatlar yanada oshishi mumkin. Shapovalning so‘zlariga ko‘ra, har bir harbiy xizmatchi Ukraina budjetiga 1 million grivna yoki yiliga 26 ming dollarga tushadi.
Urushning birinchi yilida Ukraina markaziy banki moliya vazirligidan obligatsiyalar sotib olgan va bunday harakatlar inflatsiyani rag‘batlantirishi, valuta qiymatini tushirishi, fuqarolar va investorlarning iqtisodiyotga ishonchini yo‘qotishiga olib kelishi mumkin, deya tushuntirdi jurnalistlar. Ammo boshqa variantlar Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy uchun og‘ir siyosiy oqibatlarni keltirib chiqaradi: «pensiya to‘lovlarini kechiktirish yoki elektr to‘lovlariga subsidiyalarni qisqartirish Ukrainaning kambag‘al qatlamiga zarar yetkazadi, import xarajatlarini cheklash esa badavlat ukrainaliklarning noroziligiga sabab bo‘lishi mumkin, ular hamon avtomobillar va kosmetika kabi narsalarni xarid qilishda davom etyapti».
Maqolada aytilishicha, Moskva o‘z neftiga yangi xaridorlar topib, ichki resurslarni harbiy ishlab chiqarishga yo‘naltirgani sababli, Rossiyaning ancha yirik iqtisodiyoti, garchi g‘arb sanksiyalari ostida qolgan bo‘lsa-da, tiklandi.
YeIning Ukrainaga yordam ko‘rsatish bo‘yicha yangi rejasi
Bir kun avval nashr AQShda Ukrainaga keyingi yordamni muvofiqlashtirish bilan bog‘liq muammolar fonida Yevropa Ittifoqi Kiyevga milliardlab dollarlik harbiy yordam ko‘rsatish imkonini beruvchi yangi reja ishlab chiqayotgani haqida xabar bergan edi. Kelgusi to‘rt yil ichida Ukrainaga «o‘nlab milliard yevro» harbiy yordam ko‘rsatish uchun YeI jamg‘armasidan YeIga a’zo mamlakatlarga 20 milliard yevro to‘lanishi kutilmoqda. Shu bilan birga, asosiy urg‘u Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan Ukraina uchun qurol-yarog‘larni birgalikda sotib olishga berilyapti.
Reja 1 fevral kuni Yevropa Ittifoqi sammitida muhokama etilishi kutilmoqda, biroq bu boradagi yakuniy qaror qabul qilish bir necha hafta davom etishi mumkin.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilning Eronga zarbasi Tramp tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi
Jahon | 19:46
-
«Menga bu medal va qog‘ozlarning keragi yo‘q» – Washington Post Sumiga raketa zarbasi kunidagi taqdirlashda qatnashgan harbiylar bilan gaplashdi
Jahon | 19:16
-
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar paydo bo‘ldi
Jamiyat | 19:14
-
Xorazmda uch qavatli savdo do‘konida yong‘in chiqdi
Jamiyat | 19:12
Mavzuga oid

08:57 / 15.04.2025
YeI siyosatchilari Mersning Kiyev uchun TAURUS haqidagi so‘zlarini olqishladi

09:50 / 14.04.2025
Mers Kiyevga TAURUS yetkazib berilishini qo‘llab-quvvatladi

10:33 / 12.04.2025
Rossiya Kiyev va Xarkivga dronlar bilan zarba berdi, jabrlanganlar bor

13:32 / 05.04.2025