16:17 / 11.12.2018
17201

O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogi uchun rasmiy shiori aniqlandi

OFK rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga asosan, Osiyo Kubogi-2019 ishtirokchi jamoalarining shiorlari tanlab olindi.

Oktabr oyida boshlangan so‘rovnomada O‘zbekiston avtobusiga yozib qo‘yiladigan quyidagi uch shior ovozga qo‘yilgan edi: 

1. «Kuch birlikda» — «Force in unity»
2. «Bir Osiyo. Bir jamoa. Bir orzu» — "One Asia. One team. One dream»
3. «Mana biz keldik – O‘zbekiston» — «Here we are – Uzbekistan»

Bugun ovoz berish jarayoni yakuniga yetdi. Unga ko‘ra, «Mana biz keldik – O‘zbekiston» jumlasi g‘olib deb topildi va Osiyo Kubogida O‘zbekiston terma jamoasining rasmiy shiori sifatida ishlatiladigan bo‘ldi.

Musobaqaning barcha qatnashchilari uchun tanlangan shiorlar quyidagicha.

«A» guruhi
BAA: «Endi navbat bizniki» (Our time is now)
Tailand: «Changsuek – Birgalikda bir tan-u bir jon bo‘lib» (Chansuek together as one)
Hindiston: «Moviy yo‘lbarslar – millat umidi» (Blue Tigers: The hope of a nation)
Bahrayn: «Hech qachon hech qachon dema» (Never say Never)

«B» guruhi
Avstraliya: «Qahramonlar yuksalajak» (Heroes will rise)
Suriya: «Bir jamoa. Bir millat. Bir Suriya. (One team. One nation. One Syria)
Falastin: «Biz sovrin olamiz. Biz – Falastin» (We will triumph. We are Palestine)
Iordaniya: «Iordaniyani faxr-u iftixorga burkab» (Make Jordan Proud)

«C» guruhi
Janubiy Koreya: «Biz – qizillarmiz!» (We are the Reds)
Xitoy: «Yagona orzu uchun kurashib» (Fighting for the same dream)
Filippin: «Imkonsiz ishni orzulab» (To dream the impossible)
Qirg‘iziston: «Oq lochinlar!» (The White Falcons)

«D» guruhi
Eron: «80 millionlik xalq, bir millat, bir yurak urishi» (Eighty Million People, One Nation, One Heartbeat)
Iroq: «Sherlar mudom muzaffar» (Lions always prevail)
Vetnam: «Oltin yulduz jangchilari» (Golden Star Warriors)
Yaman: «Hech qachon taslim bo‘lma» (Never give up)

«E» guruhi:
Saudiya Arabistoni: «Sahrodan qit'a taxtiravoniga» (From the desert to the throne of the continent)
Qatar: «Biz va sharaf millati qanday yaxshi» (We & the Nation of Pride are Fine)
Livan: «Sidrlar* kelayotir» (The Cedars are coming)
KXDR: «Chhollima* ruhi yor bo‘lsin» (In the spirit of Chollima)

Sidr – Livan ramzi hisoblanuvchi daraxt. Mamlakat bayrog‘ida ham uning tasviri tushirilgan.
Chhollima – koreys afsonalaridagi qanotli ot

«F» guruhi
Yaponiya: «Hammani hurmat qil, hech kimdan qo‘rqma» (Respect all, fear none)
O‘zbekiston: «Mana biz keldik – O‘zbekiston» (Here we are – Uzbekistan)
Ummon: «4 million qalb va bitta tilak» (4 million hearts, one dream)
Turkmaniston: «Yashil maydon, yashil jamoa, yashil Turkmaniston» (Green ground, Green team, Green Turkmenistan)

Mavzuga oid
Top