07:48 / 12.12.2018
19816
“Bu urush”: Poroshenko Kerch bo‘g‘ozidagi voqeaga izoh berdi
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Fox News telekanaliga intervyuda Kerch bo‘g‘ozida yuz bergan voqeani “urush” deb atadi.   

Ukraina prezidentining aytishicha, Rossiya suv hududlari chegarachilarining xatti-harakati “tajovuz” deb baholanadi. Poroshenko “urush” haqida gapirganiga qaramay, Kiyev tomonidan urush haqida e'lon qilinmagan. 

“Janob Putin, bu tajovuzkorlik. Janob Putin, bu urush. Bu hazil, noxush voqea va inqiroz emas”, deb aytgan Poroshenko.

25 noyabrda Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining uchta kemasi Rossiya chegarasini buzgani uchun ushlangan. Kemalardagi 24 ukrainalik dengizchi Rossiya chegarasini buzishda ayblanib, hibsga olingan.

Ukraina Rossiyaning harakatlarini tajovuzkorlik deb topib, bir qator viloyatlarida 30 kunlik muddatga harbiy vaziyat tartibi kiritgan. Moskva esa voqeani ig‘vo deb baholagan.  

Mavzu
Ukraina va Rossiya munosabatlarida taranglik
25 noyabr kuni Rossiya FXX Ukrainaning uchta harbiy kemasi Rossiya hududiy suvlariga noqonuniy kirgani haqida xabar berdi. Ular Odessadan Mariupolga yo‘l olgan, ammo ularni Kerch bo‘g‘ozidan o‘tkazishmagan.
Barchasi
Top