Huquq-tartibot idoralari Toşkentda bölib ötayotgan Artdocfest Asia festivalida Ukrainadagi uruş tasvirlarini öz içiga olgan «Şarqiy front» hujjatli filmining namoyişini töxtatdi. Bu haqda 4 aprel kuni film rejissyori va festival asosçisi Vitaliy Manskiy Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Film namoyişi çoğida «139 Hujjatli filmlar markazi» galereyasiga içki işlar organlari xodimlari yetib kelişgan va Madaniyat vazirligi buyruği bilan bu film namoyişi taqiqlanganini aytişgan.

«Hozirgina Toşkentda Artdocfest Asia festivali doirasida „Şarqiy front“ filmimiz namoyişi töxtatildi. Festival dasturining keyingi barça namoyişlari ham taqiqlandi. Bu Özbekiston Madaniyat vazirligi körsatmasi asosida amalga oşirildi. Bu holat 139 Documentary Center’ning 4 yillik faoliyati davomidagi birinçi voqeadir. Salom „Rus dunyosi!“», – deydi u.

Holat yuzasidan Madaniyat vazirligi rasmiy munosabat bildirdi. Unga köra, filmni namoyiş etişda bir qança talablar buzilgan.

«Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga köra, respublika hududida mahalliy va xorijiy filmlarni namoyiş etiş uçun xususiy tadbirkorlar Kinematografiya agentligiga ariza bilan murojaat etadi hamda agentlik tomonidan uşbu murojaat 10 iş kunida körib çiqiladi.

 Şu bilan birga, filmni ommaviy namoyiş etişda bir qator talab va şartlarga qat’iy rioya etilişi belgilangan. Mazkur talab va şartlarga amal qilinmasligi filmni ommaviy namoyiş etiş uçun berilgan ruxsatnoma bekor bölişiga olib kelişi közda tutilgan», – deyiladi munosabatda.

Qayd etilişiça, tegişli hujjatlarga asosan, Özbekistonda ommaviy tadbirlarni ötkaziş uçun IIVdan ruxsatnoma oliş şart. Ammo 2–8 aprel kunlari Toşkentda bölib ötişi rejalaştirilgan Artdocfest Asia festivalini ötkaziş uçun taşkilotçilar Özbekiston Respublikasi qonunçiligida belgilangan tartibda ruxsatnoma olişmagan.

«Huquqni muhofaza qiluvçi idoralarning rasmiy ravişda ogohlantirişlariga qaramay ommaviy tadbir va filmlar namoyişini taşkil etib, ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilişgan», – deyiladi izohda.

Vazirlik, öz navbatida, ommaviy tadbirlar, jumladan, festivallar va ularda filmlar namoyişini töxtatiş Madaniyat vazirligining vakolatiga kirmasligini bildirib ötdi.