15:20 / 13.12.2018
32013

Osiyo boks konfederatsiyasi yilning eng yaxshilarini e'lon qildi: O‘zbekiston to‘rtta yo‘nalishda g‘olib

Osiyo boks konfederatsiyasi yilning eng yaxshilarini aniqlash maqsadida so‘rovnoma tashkil qilgandi. Unga ko‘ra, bir necha hamyurtimiz o‘z yo‘nalishida qit'ada tengsiz deb topildi.

Eng yaxshi bokschi nominatsiyasida Isroil Madrimov barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda, Osiyoning eng yaxshi erkak bokschisi deb e'lon qilindi. Boshqa bir hamyurtimiz Iqboljon Xoldorov esa bu borada uchinchi bo‘ldi.

Isroil Madrimov
Iqboljon Xoldorov

«Osiyoda yilning eng yaxshi texnik mutaxassisi» yo‘nalishida Dilshod Kazakovga teng keladigan raqib topilmadi, deb xabar beradi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Dilshod Kazakov

Hakamimiz Aleksandr Hamidov ham 2018 yilda «Osiyoning eng yaxshi hakami» unvonini qo‘lga kiritdi.

Aleksandr Hamidov

Yil davomida katta hajmdagi ishni amalga oshirgan O‘zbekiston boks federatsiyasi qit'ada eng yaxshi bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top