Super yarim örta vazn toifasida WBA kamari sohibi Isroil Madrimov (10-0-1, 7 KO) keyingi jangini yarimörta vazn toifasida mutlaq jahon çempioniga qarşi ötkazişi mumkin. 

Tribuna.uz manbasiga köra, Isroil vazn toifasidan qat’i nazar BoxRec reytingida peşqadamlik qilayotgan Terens Kroufordaga qarşi ringga kötariladi va WBA kamarini himoya qiladi. 

Jang şu yilning avgust oyida AQŞning Kaliforniya ştatida ötkazilişi kutilmoqda. 

Ma’lumot uçun, amerikalik 36 yoşli çarmqölqop ustasi professional faoliyatida 40 ta jang (31 nokaut) ötkazib, ularning barçasida ğalaba qozongan.

Eslatib ötamiz, yengilmas Krouford sönggi bor 2023 yilning iyul oyida hamyurti Errol Spensni muddatidan avval mağlub etgandi. Isroil Madrimov esa şu yilning mart oyida rossiyalik Magomed Qurbonovdan ustun kelib, WBA kamarini qölga kiritdi.