8441.36 USD -14.01

9493.15 EUR -61.42

131.78 RUB +0.25

10963.6 GBP -96.83

18:20 / 16.12.2018 40345

Tunda kefir ichishning zararlari

Foto: facte.ru

Ozishni istaydigan ko‘pchilik ayollar uxlashdan oldin kefir ichishadi. Bu ichimlik moddalar almashinuvini tezlashtiradi, deb hisoblanadi. Biroq bari bu qadar oddiy emas. Ayrim vaqtlarda kefir foydali bo‘lishi, boshqa vaziyatlarda esa organizmga zarar keltirishi mumkin. Ana endi keling, barchasi haqida batafsil so‘z yuritamiz.

Kefir shifokorlar sabab mashhurlikka erishdi. Bu bejizga emas, albatta. Gap shundaki, uyqudan oldin yeguliklarni iste'mol qilish tavsiya etilmaydi. Tunda oshqozon-ichak faoliyati juda sekin ishlaydi va siz tanovul qilgan taom hazm bo‘lmaydi.

Bu ayniqsa uglevodlarga boy taomlarga tegishli. U insulin ishlab chiqarilishiga olib keladi. Insulin esa o‘z navbatida yog‘larni eritish jarayoniga to‘sqinlik qiladi.

Shuni aytish joizki, kefirni ichish mumkin va zarur. Muhimi organizmning individual xususiyatlarini hisobga olish.

Ushbu sut mahsulotining boy kimyoviy tarkibi moddalar almashinuvi, hazm qilish va asab tizimi, jigar, oshqozon osti, buyraklar faoliyatini normallashtiradi.

Kefir qanday vaziyatlarda zararli?

Ma'lumki, organizmga modda emas, uning miqdori zarar keltiradi. Shuning uchun uxlashdan oldin bir litr kefir ichsangiz, vazn tashlashingiz amrimahol. Bir necha holatlarda kefir iste'molini cheklash kerak:

  • diareyaga moyil bo‘lsangiz;
  • sizda gastrit, pankreatit, oshqozon kislotasining ko‘p bo‘lsa;
  • oshqozon yarasi bo‘lsa;
  • shuningdek, oshqozon-ichak tizimining turli kasalliklari va sut oqsilini hazm qila olmaslik dardiga yo‘liqqan bo‘lsangiz.

Agar bir stakan kefirni ichganingizdan so‘ng oshqozonda kuchli og‘riqlar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat eting.

Top