Aniq kun tartibi parhez va maşqlarsiz oziş imkonini beradi, deb xabar bermoqda Medicalxpress.
Garvard tibbiyot maktabi olimlari bir guruh köngillilar bilan tadqiqot ötkazişdi. Guruhdagi kişilar heç qanday jismoniy maşqlarsiz bir oydan ortiq vaqt davomida laboratoriyada yaşaşdi. Şu bilan birga, ular yaşagan binoda deraza va soat yöqligi bois tajribada qatnaşayotganlar sutka vaqti haqida heç qanday ma'lumotga ega bölişmadi.
Ma'lum bölişiça, inson tanasining tinç holatda energiya yöqotişi sirkad ritmga (kun va tunning almaşişi bilan boğliq turli biologik jarayonlar) boğliq ekan. Xususan, agar biologik va "haqiqiy" oqşom mos kelsa inson organizmi iste'mol qilingan ovqat miqdoridan qat'i nazar va heç qanday harakatlarsiz har soatda ança miqdorda yoğ yöqotar ekan. Bunda tinç holatda turgan organizm oqşomda (soat 17dan 22gaça) ertalabkiga nisbatan 10% köproq kaloriya yöqotadi.
Olimlar mazkur tadqiqot natijalaridan kelib çiqib, har kuni bir vaqtda uxlaşga yotib bir vaqtda uyqudan turişni tavsiya qilişmoqda.












