Nyu-York ştati Universitetidan bölgan olimlarning aniqlaşiça, oçlik hissini neyronlarni qözğatiş yordamida yöqotiş mumkin ekan. Tadqiqot natijalari PHAS portalida e'lon qilindi.
Universitet xodimlarining sözlariga köra, odamlarda, xuddi hayvonlar kabi, ovqatni “emotsional” qabul qilişga moyillik bor, bu ular hattoki oç bölmaganlarida ham kuzatiladi. Şuning uçun his organlariga, şuningdek tajovuzkorlik va stressga javob beruvçi limbik tizimga ta'sir körsatiş lozim.
"Ovqat böyiça xatti-harakat turli-tuman neyronlar va neyron zanjirlari bilan nazorat qilinadi, ular sut emizuvçilarning asosan gipotalamusi hamda orqa miyasida joylaşgan", - deyiladi tadqiqotda.
Olimlar siçqonlar organizmiga klozapin-N-oksidni kiritişdi, u tösiq yadrosi neyronlariga ta'sir körsatadi. Natija neyroleptik preparatni olgan siçqonlar kamroq oziqlanadigan bölişdi. Şu bilan birga, klozapin-N-oksidni kiritişdan salbiy effektlar aniqlanmadi.
Olimlarning umid qilişiça, bu uslubni insonlardagi ortiq vazn bilan kuraşda samarali qöllaş mumkin.












