8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

17:20 / 18.12.2018 11209

Orzuingizdagi ishga vaqt topish va muvaffaqiyatga qanday erishish mumkin?

Ko‘pchilik bir kuni tongda uyg‘onib, muvaffaqiyatli kishiga aylanishni orzu qiladi. Biroq bu o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Biror narsaga erishish uchun vaqt sarflash kerak.

Foto: Layfxaker

Bir sutkada hammada bir xil vaqt bo‘lsa-da, ayrim kishilar orzularini amalga oshiradi, boshqalar esa – yo‘q. Bu ko‘pincha bo‘sh vaqtimizni qanday o‘tkazishimiz bilan bog‘liq. Odatda, uyga kelgach, vaqtni behuda sarflaymiz. Buni o‘zgartirish vaqti keldi.

Bo‘sh vaqtingiz siz o‘ylagandan ko‘proq

Muvaffaqiyatga erishish va orzuingizni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan vaqt yetarli. Agar befoyda ishlar uchun ketkaziladigan soat va daqiqalar qo‘shib chiqilsa, sizga kerakli bo‘lgan vaqt to‘planib qoladi.

  • Erta uxlash va erta uyg‘onish.
  • Vaqtni ijtimoiy tarmoqlarga sarflash.
  • Quvvat beruvchi mahsulotlar bilan ovqatlanish.
  • Televizor ko‘rmaslik.
  • Vaqtni oldindan rejalashtirib, telefon qo‘ng‘iroqlariga behuda sarflamaslikni sinab ko‘ring.

Ishdagi befoyda suhbatlar uchun qancha vaqt behuda sarf bo‘layotganini hisoblashga harakat qiling.

Bunday suhbatlar qurmaslikka harakat qiling. Sizni chalg‘itishlariga yo‘l qo‘ymang. Ko‘proq narsaga ulgurayotganingizni sezasiz.

Bo‘sh vaqtni o‘zingizga qaytarish

O‘z vaqtingizni sarflashingiz faqat o‘zingizga bog‘liq. Shuning uchun uni odamlarga ko‘mak beradigan va biror iz qoldirishda yordam beradigan mashg‘ulotlarga sarflang.

Orzularingizga aloqasi bo‘lmagan, xursandchilik bermaydigan ishlarga har kuni qancha vaqt sarflashingizni hisoblab ko‘ring.

Bu mashqning mohiyati ijtimoiy tarmoqlar, televizor va befoyda suhbatlarga ajratilayotgan vaqtni aniqlashdan iborat. Bunday usul orqali o‘zingiz uchun haqiqatan ham muhim bo‘lgan vazifalar uchun vaqt topishga muvaffaq bo‘lasiz.

Top