Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘quvchilarni kasbga o‘qitishning Oqdaryo tajribasi respublika bo‘yicha tatbiq etiladi
Yil yakunigacha har bir tumandagi kamida ikkitadan maktabda ushbu tajriba yo‘lga qo‘yiladi.
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani 32-maktabda tadbirkorlar bilan hamkorlikda o‘quvchilarni kasbga o‘qitish tajribasi butun respublikada keng tatbiq etiladi.
Jumladan, keyingi o‘quv yiliga qadar Samarqanddagi har bir tumanda 10 tadan maktabda bu tizim joriy etiladi.
Bu yil 387 ming nafar o‘quvchi maktabni tamomlab, 138 mingtasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan, yana 54 mingtasi professional ta’lim bilan qamrab olinadi. Lekin qolgan 195 ming nafar yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish va o‘qitish masalasi dolzarbdir.
Yil yakunigacha har bir tumandagi kamida ikkitadan maktabda ushbu tajriba yo‘lga qo‘yiladi.
Oqdaryo tumanidagi 32-maktabda o‘quvchilarni 7-sinfdan boshlab mahalla va tumanda talab yuqori bo‘lgan veterinar, agronom, meva-sabzavot quritish, ipakchi, mebelchi, avtomobil ustasi kabi 15 ta kasb-hunarga o‘rgatish va 2 ta chet tilini o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan.
Ushbu loyiha mahalliy budjet va tadbirkorlar mablag‘lari hisobidan bo‘lib, o‘quvchilar bu yerda ish haqi olmoqda.
Mavzuga oid
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
12:45 / 26.12.2025
“Kasblar shaharchasi” tashkil etiladi: maktab o‘quvchilari zamonaviy kasblarga yo‘naltiriladi
15:33 / 23.10.2025
Germaniyada qaysi kasblarda muhojirlar eng ko‘p ekani ma’lum qilindi
13:36 / 26.08.2025