Kasb kasalligi tasdiqlangan bemorlar töliq davlat tomonidan himoyalanadi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, respublikada kasb kasalliklarining oldini oliş ikki yönalişda olib borilmoqda. Ya’ni: mehnat şaroitlarini muhofaza qiliş va yaxşilaş hamda tibbiy profilaktik yordam körsatiş.

Sanitariya-gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti mutaxassislari tomonidan kasb kasalliklarining oldini oliş, mehnat va davolaş reabilitatsiyasi uçun 2021-2023 yillarda işlab çiqariş taşkilotlarining 20 000 dan ortiq xodimlari davriy tibbiy körikdan ötkazilgan.

Kasb kasalliklari klinikasi respublikadagi yagona ixtisoslaştirilgan klinika bölib, 100 öringa ega. Unda har yili respublikaning barça hududlaridan 3 mingdan ortiq bemor davolaniş va reabilitatsiyadan, 33 mingdan ortiq bemor esa ambulator şaroitida tekşiruvdan ötkaziladi. Ular zararli va xavfli omillar ta’sirida faoliyat olib borgan 80 dan ortiq asosiy işlab çiqariş korxonalarining işçilaridir.

Söngi bir yildagi ötkazilgan tibbiy köriklar xulosalari asosida 9800 işçi-xodimga (98 foiz) işga yaroqlilik ekspertiza xulosalari berildi, aniqlangan taşxislarga köra 42 foiz tekşirilganlarga zarur davolaş va soğlomlaştiriş tadbirlari rejalaştirildi, 2 foizga statsionar, 4 foizga sanatoriy-kurortlarda davolaniş uçun yuboriş, 4116 işçiga şifokor nazoratida böliş, 290 işçiga soğliği holatiga köra yengil yoki xavfli va zararli işlab çiqariş omillarining ta’siridan holi bölgan boşqa işga vaqtinça ötkaziş böyiça tavsiyalar berildi.