08:13 / 26.12.2018
13018
Amerikalik senator AQSh hukumatining eng “telbanamo” xarajatlarini ma'lum qildi  
Foto: AP Photo/Pablo Martinez Monsivais

Amerikalik respublikachi senator Rend Pol AQShning 2018 yildagi eng “telbanamo” xarajatlari ro‘yxatini e'lon qildi. Bu ro‘yxat soliq xizmati va FQB vakillariga ayniqsa qiziq bo‘lib ko‘rinishi mumkin, chunki hujjatda nafaqat mavjud bo‘lmagan Somali armiyasiga 76 mln dollar to‘langani, balki bedanalarning giyohvand modda ostida o‘zini qanday tutishini tadqiq qilishga sarflangan mablag‘lar haqida ma'lumotlar bor. 

Bundan tashqari, AQShning federal hukumati afg‘on tilidagi serialni ishlab chiqarishga 653 ming dollar, havo oqimlarining kaltakesaklarga ta'sirini o‘rganish uchun 80 ming dollar to‘lagan. Bundan tashqari, senator hukumatga qadimgi Osiyoda eshaklar va otlarga ov qilishni o‘rganish uchun 361 ming dollar to‘lagani tushunarsiz bo‘lib qolmoqda. Bunday xarajatlarning umumiy qiymati deyarli 115 mln dollarni tashkil qilgan.

Top