17:34 / 02.01.2019
65440

Alisher Usmonov 2018 yilda qancha pul yo‘qotgani ma'lum bo‘ldi

Foto: Sergey Guneyev / RIA Novosti

2018 yilda milliarder Alisher Usmonov 327 million dollar yo‘qotdi. Bundan Bloomberg ma'lumotlari darak beryapti.

Reytingga ko‘ra, asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Usmonov bir yil ichida 327 million dollar yo‘qotgan.

Endilikda, uning boyligi 14,2 milliard dollarni tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, indeks (Bloomberg Billionaires Index) milliarderlar ulushlariga egalik qiluvchi kompaniyalar aksiyalari qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Jami BBI dunyodagi eng boy 500 kishini o‘z ichiga oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Usmonov AliExpress Russia’ni qachon ochmoqchi ekanini ma'lum qilgandi.

Top