Asli kelib çiqişi özbekistonlik bölgan rossiyalik milliarder Alişer Usmonov 2019 yilning boşida AliExpress Russia’ni oçmoqçi.
RFPI, Alibaba Group, «Megafon» va Mail.ru’ning e-commerce sohasidagi qöşma korxonasi muvofiqlaştirişning yakuniy bosqiçida bölib, 2019 yil boşida işga tuşiriladi. Bu haqda «Rossiya-24» telekanaliga bergan intervyusida USM Holdings egalaridan biri Alişer Usmonov ma'lum qildi, deya yozmoqda TASS.
«Men ega bölgan ma'lumotlardan kelib çiqsak, biz finişda turibmiz. Öylaymanki, 2019 yil uşbu korxona işga tuşadi, şunga umid qilyapmiz», - dedi u.
Alişer Usmonovning ta'kidlaşiça, bitimni yakunlaş uçun alyans yaratişni nazarda tutadigan bir neça şartlarga rioya qilişni ta'minlaş zarur.
Birinçidan, Rossiya resurslari tomonidan texnologik xavfsizlikni taşkil qiliş, ikkinçidan, Alibaba kompaniyasi texnologiyalaridan Rossiyada foydalaniş imkoniyatini yaratiş. Bundan taşqari, tadbirkorning ta'kidlaşiça, Rossiya Federatsiyasi hududida QK serverlarini joylaştiriş darkor.
USM xoldingi egalaridan birining qöşimça qilişiça, yana ikkita texnologik band yakuniy muvofiqlaştiriş bosqiçida turibdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Alişer Usmonov Rossiyada ham, Özbekistonda ham biznes bilan şuğullanişni istamasligi haqida gapirgandi.












