Shu yilning 2 yanvar kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi, Agrotadbirkor kasb-hunar kolleji yuqori kurs o‘quvchisi Sh.A. tegishli hujjatlarsiz “Spark” rusumli avtomashinani Ulug‘-yo‘l ko‘chasida haydab, piyoda ketayotgan viloyat ichki ishlar xodimini urib yuborgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada xodim “bosh miya ochiq jarohati va 2-3 darajali koma holati” tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.