00:23 / 04.01.2019
8703
Energetika va transport sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
Foto: Dreamstime

«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasida energetika va transport sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish rejalashtirilmoqda.

Loyihada energetika, shu jumladan neft va gaz sohasini davlat tomonidan boshqarish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat organini tashkil etish, energetika sohasidagi xo‘jalik boshqaruvi organlari va korxonalar faoliyatida boshqarishning zamonaviy korporativ mexanizmlarini joriy etish nazarda tutiladi.

Shuningdek, transport, shu jumladan havo, temir yo‘l va avtomobil transporti sohasini davlat tomonidan boshqarish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat organini tashkil etish;

transport sohasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKdan davlat-hokimiyat vazifalarini transport sohasidagi yangi davlat boshqaruv organiga berish;

“O‘zbekiston temir yo‘llari” tarkibidan temir yo‘l vokzallari va temir yo‘l infratuzilmasini chiqarish, ular faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash;

transport sohasida davlat-xususiy sheriklikni joriy etish ko‘zda tutilgan.

«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamalari 2019 yilning 15 yanvariga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Top