"Dunyo" xabariga köra, uçraşuvda transport-logistika, xususan, Özbekiston va Yevropa mamlakatlari örtasida aviaqatnovlar sohasida özaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantiriş, milliy aviataşuvçilar uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş masalalari muhokama qilindi.

Avtomobil transporti orqali xalqaro yuk taşuvlarini rivojlantirişda Centrum Holding kompaniyasining Toşkent, Angren va Andijon şaharlaridagi ombor terminallari hamda Waberer’s kompaniyasining Yevropaning turli nuqtalaridagi terminallari imkoniyatlaridan samarali foydalaniş yuzasidan özaro fikr almaşildi.

Uçraşuv yakunida ikki kompaniya örtasida özaro manfaatli aloqalarni mustahkamlaş va hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş böyiça şartnoma imzolaşga kelişib olindi.