09:23 / 14.01.2019
6486

Vashingtonda kuchli qor yog‘ishi tufayli 231 ta YTH yuz berdi

Foto: AP

Amerikaning Vashington shahri va uning atrofidagi tumanlarda kuchli qor yog‘ishi tufayli 231ta YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, shuningdek, taxminan 117 nafar haydovchi yo‘llarda qolib ketgan.

Ta'kidlanishicha, shahardagi o‘nlab tashkilotlar va muassasalar ishi kuchli qor yog‘ishi tufayli «falaj» holatga kelgan.

Avvalroq, Vashingtonga qor bo‘roni yopirilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Top