8395.15 USD -6.38

9510.03 EUR -113.08

127.67 RUB -0.68

10869.2 GBP -122.52

13:05 / 17.01.2019 10990

Bojxonachilar Toyota Land Cruiser’ga yashirilgan patronlarni fosh etishdi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan mamlakatga ov quroli patronlarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishga chek qo‘yildi.

Toyota Land Cruiser avtomashinasida qo‘shni davlatdan yurtimizga kirib kelgan fuqaro Sh.B. tegishli tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Natijada, ushbu shaxs o‘z avtomashinasida bojxona nazoratidan yashirincha 9 dona ov-qurol patronlarini O‘zbekistonga noqonuniy olib kirishga uringanligi aniqlandi. 

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Top