07:15 / 20.01.2019
19350

AQSh suriyalik kurdlarga zamonaviy qurol bergan – OAV 

Foto: MoD/Crown

AQSh qo‘shinlarining Suriyadan chiqarilishiga qarshi bo‘layotgan amerikaliklar suriyalik kurdlar mudofaa kuchlariga zamonaviy qurol bergan. Bu haqda mahalliy manbalarga iqtibos keltirgan holda Yeni Akit nashri xabar berdi. 

Ta'kidlanishicha, gap katta sondagi “Javelin” va “Tou” tanklarga qarshi raketa majmualari  haqida ketmoqda. Taxmin qilinishicha, kurdlar bu qurollarni yaqin orada Suriya shimolidagi Manbijga kirmoqchi bo‘layotgan turk tanklariga qarshi qo‘llaydi.

Ma'lum qilinishicha, ayni vaqtda turk bo‘linmalari bu majmualarni qidirmoqda.

Nashrning ta'kidlashicha, aynan shu sababli Turkiya Manbijdagi harbiy operatsiyasini boshlamay turibdi.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an agar AQSh Frot daryosidan sharqdan va Manbijdan kurd kuchlarini olib chiqmasa, unda Anqara ularga qarshi operatsiya boshlashini aytgan. Keyinroq Erdo‘g‘an AQSh prezidenti Donald Tramp bilan 14 dekabrdagi telefon muloqotidan so‘ng harbiy operatsiyani qoldirishga qaror qilganini ma'lum qilgan. Muloqot natijalariga ko‘ra, Tramp Suriyadan AQSh qo‘shinlarini olib chiqishga qaror qilgan. 

 

Top