8395.15 USD -6.38

9510.03 EUR -113.08

127.67 RUB -0.68

10869.2 GBP -122.52

15:59 / 22.01.2019 5443

Fransiya vs Italiya. Parij italyanlar elchisini chaqirtirdi

Luiji Di Mayo/Foto: Alberto Pizzoli/AFP

Fransiya Italiya bosh vaziri o‘rinbosari Luiji Di Mayo fransuzlarni Afrikani ekspluatatsiya qilishda ayblab chiqqach, Italiya elchisini chaqirtirdi. Bu haqda The Local xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Luiji Di Mayo Fransiyaning Afrikadagi siyosati qashshoqlik va migratsiya sababi ekani haqidagi o‘z fikrini takrorlagan. Bu Fransiya Italiya elchisini chaqirtirganidan bir necha soat o‘tib yuz berdi.

«Agar bugungi kunda odamlar ketayotgan bo‘lsa, bu Yevropa mamlakatlari, birinchi navbatda, Fransiya Afrikadagi o‘nlab davlatlarga nisbatan o‘z mustamlakachilik siyosatini hech qachon to‘xtatmagani sabablidir», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Di Mayo.

Fransiya uning mulohazalarini «qabul qilinmas va asossiz», deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiyada Fransiyaga qarshi sanksiyalar joriy etish taklif qilingandi.

Top