08:57 / 23.01.2019
16090
Niagara sharsharasi qisman muzlab qoldi (video)
Foto: Instagram

AQShning o‘rta g‘arbini qamrab olgan qishki bo‘ronlar endi mamlakatning shimoli-sharqi tomon yo‘nalib, ushbu hududda sovuq harorat o‘rnatilishiga sabab bo‘ldi. Sovuq havo Niagara sharsharasining sharqiroq suvlarining muzlashiga olib keldi.

“Shunchalik sovuqki, Niagara sharsharasining bir qismi muzlab qoldi. Sayyohlar ulug‘vor manzaralardan hayratdalar”, deb ma'lum qilgan CNN telekanali. 

Sharsharaga Kanada tomonidan tashrif buyurgan Instagram’dagi foydalanuvchilardan biri Inge Grut quyosh sharshara ustida bor-yo‘g‘i 15 daqiqaga chiqqanini yozgan. Ayolning aytishicha, harorat 25 daraja sovuq bo‘lgan. 

2018 yil qishida ham sharshara muzlab qolgan. O‘shanda sharshara hududidagi harorat me'yordagidan 20 daraja sovuq bo‘lgan. 

Top