Unga köra, yanvar oyi aslida sovuq bölişi kerak. Çunki iliq qişning zararli jihatlari köp.
“Aslini olganda, yanvar oyi sovuq kelgani yaxşi. Negaki, iliq kelgan qişning oqibatlari keyingi yil bahor va yozda bilinadi hamda u juda ham oğir asoratlarni keltirib çiqaradi. Masalan, qişloq xöjaligi va yaylovlar uçun oğir şaroit yuzaga keladi”, — dedi mutaxassis.
Uning aytişiça, qiş yakunigaça qor yoğişi va havo harorati 0 darajadan pasayişi mumkin.
“Anomal sovuq hozirça kutilmayapti. Qiş iliq kelişi haqidagi gapni kunlik harorat +10 yoki +20 böladi deb tuşunmaslik kerak. Qiş yakunigaça 3-4 kun qor yoğadigan, harorat 0 darajadan pastga tuşadigan holatlar böladi”, — dedi u.
Ma’lumotlarga köra, Özbekistonda sönggi 30 yillikdagi eng sovuq yanvar oyi 2008 yilda, eng iliq yanvar esa 2016 yilda kuzatilgan.








