13 dekabrga ötar keçasi soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatov Toşkent şahridagi Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi va Toşkent şahar 3-son Bolalar klinik şifoxonasida böldi.

Taşrif davomida vazir bemorlar bilan suhbatlaşib, şifoxonalarda qiş mavsumiga tayyorgarlik holati, issiqlik hamda elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlaş borasidagi işlar bilan tanişdi.

«Ayni kunlarda yurtimizda qiş faslining sovuq kunlari hukm surmoqda. Şunga qaramay, tibbiyot muassasalarida mavsum uçun yetarli tayyorgarlik çoralarini kördik. Hozir ham bundan töxtaganimiz yöq. Qanday ob-havo şaroiti bölişidan qat’i nazar, tibbiyot muassasalari uzluksiz va nuqsonsiz işlaşi şart!» – deya vazirning sözlarini keltirgan vazirlik matbuot xizmati.