8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

19:27 / 26.01.2019 11323

Yamandagi isyonchilar Saudiya Arabistoni harbiylariga raketa zarbasini berdi

Yamandagi "Ansor Alloh" (xusiylar) isyonchilar harakati Saudiya Arabistoni janubidagi harbiy obektlarga raketa zarbasi berdi. Bu haqda Almasirah telekanali xabar qildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, xusiylar Yaman hududidan Jizon viloyatidagi harbiylar joylashgan nuqtalarga "Badr-1" turidagi ballistik raketani yo‘llagan. Raketa mo‘ljalga yetib borgan va Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi koalitsiya harbiylari orasida jarohatlangan va halok bo‘lganlar bor.

Yamanda 2014 yil avgustdan buyon hukumat kuchlari va xusiylar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar davom etmoqda.

Top