01:01 / 28.01.2019
7531

Malayziya suzish bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish huquqidan mahrum etildi 

Foto: Rossiya prezidenti matbuot xizmati

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi (IPC) 2019 yilgi suzish bo‘yicha jahon chempionatini qabul qilishi kerak bo‘lgan Malayziyani isroillik sportchilarga musobaqada ishtirok etishga ruxsat bermagani uchun uni o‘tkazish huquqidan mahrum qildi.

Qaror Malayziya ichki ishlar vazirligi isroillik sportchilar chempionatda tahriqlashlarga uchramay, erkin ishtirok etishlarini ta'minlay olmasligini ma'lum qilgandan keyin qabul qilingan. 

Avvalroq IPC Malayziyaning isroillik paralimpiyachilarni jahon chempionatiga qo‘ymaslik qaroridan afsus bildirgan. Ushbu musobaqa 2020 yilgi Paralimpiya o‘yinlariga saralash musobaqasi hisoblanadi.

Jahon chempionati 29 iyuldan 4 avgustgacha Kuching shahrida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Endi IPC jahon chempionatining yangi mezbonini qidirmoqda. Ta'kidlanishicha, musobaqani o‘tkazish uchun arizalar 11 fevralgacha qabul qilinadi. 

Qayd etish joizki, Malayziya Isroil bilan diplomatik aloqalarga ega emas.

Mavzuga oid
Top