20:21 / 29.01.2019
18065

Xavfsizlik kengashi va IIVga budjet tashkilotlaridagi qo‘riqlash postlari sonini maqbullashtirish topshirig‘i berildi

O‘zbekiston prezidenti Xavfsizlik kengashi va Ichki ishlar vazirligiga budjet tashkilotlaridagi mavjud maxsus qo‘riqlash postlari sonini maqbullashtirish topshirig‘ini berdi.

Bu O‘zbekiston prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

Hujjatgako‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 aprelga qadar budjet tashkilotlaridagi mavjud maxsus qo‘riqlash postlari sonini tanqidiy o‘rganadi hamda ularning sonini maqbullashtirishni nazarda tutgan holda maxsus qo‘riqlanishi talab etiladigan tashkilotlarning yangilangan ro‘yxatini tasdiqlaydi.

Top