O‘zbekiston | 08:32 / 05.10.2022
2951
2 daqiqa o‘qiladi

Bitta postda ishlagan bojxonachi 3 yildan so‘ng boshqa postga o‘tkazilishi belgilab qo‘yiladi

Foto: Kun.uz

“Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Loyiha bilan Bojxona kodeksi 62-moddasiga asosan O‘zbekiston yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan transport vositalarini vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirishda cheklovlar bo‘lgani sababli chiqarib yuborilmoqda.

Fuqarolar tomonidan xorijda ro‘yxatga olingan avtotransport vositalarini bojxona hududiga vaqtinchalik olib kirish tartibini joriy etish huquqiy asosini belgilash bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Qonun loyihasida “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonun 6-moddasiga laboratoriya bojxona organlari sifatida kiritilmoqda.

Prezident farmoniga muvofiq kadrlarni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tanlash hamda tanlov jarayonlari natijalarini internet orqali real vaqt rejimida e’lon qilib borish, 2022 yil 1 iyuldan bir bojxona postida uch yildan ortiq xizmat o‘tagan xodimlarni rotatsiya qilish masalalar qonunda aks ettirilmoqda.

Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi muddatini uzaytirish bojxona yuk deklaratsiyasi tegishli bo‘lmasiga o‘zgartishlar kiritish yo‘li bilan amalga oshirilishiga oid norma to‘ldirilayotgani sababli ushbu tartib vaqtincha olib chiqish bojxona rejimida ham bir xil qo‘llanilishini inobatga olib, yangi jumla bilan to‘ldirilmoqda.

Bojxona posti xodimlari bitta postda 3 yil xizmat qilgandan so‘ng, boshqa tarkibiy tuzilmalar va bojxona postlariga teng lavozimga rotatsiya tartibida o‘tkaziladi.

Mavzuga oid