Samarqand viloyatidagi “Jartepa" çegara bojxona postida yölovçilarga yanada qulaylik yaratiş maqsadida binolarni kapital ta’mirlaş va hududda obodonlaştiriş işlari olib borilyapti.

Viloyat bojxona boşqarmasi xabariga köra, şu sababli 2022 yil 5-16 sentabr kunlari mazkur bojxona posti orqali fuqarolar va transport vositalari harakatlanişlariga vaqtinçalik çeklov joriy etiladi.

Mazkur çeklov quyidagi holatlarda tatbiq etilmaydi:

  • diplomatik va xalqaro taşkilotlar xodimlariga;
  • rasmiy (hukumat) delegatsiyalar tarkibiga kiruvçi şaxslarga;
  • respublikada investitsiya loyihalari doirasida faoliyat yuritib kelayotgan xorijiy taşkilotlar xodimlariga;
  • xalqaro yuk taşiş bilan şuğullanuvçi haydovçilarga; 
  • mamlakatda doimiy yaşovçi çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarga;
  • Tojikiston davlatida doimiy yaşovçi Özbekiston fuqarolariga; 
  • öz yurtiga qaytayotgan Özbekiston va Tojikiston fuqarolariga;
  • Tojikistonga ketayotgan uçinçi davlat fuqarolariga.