14:26 / 30.01.2019
26020

Saturnda bir sutka qancha davom etishi aniqlandi

Foto: NASA/JPL/Space Science Institute via AP

Amerikalik olimlar Saturn sayyorasidagi sutka davomiyligini aniqlashdi. The New York Times gazetasining xabar berishicha, olimlar gigant sayyora halqalari harakatini o‘rganib, Saturndagi bir sutka 10 soat 33 daqiqa va 38 soniyaga teng, degan xulosaga kelgan.

Avvalroq, Saturnning aylanish tezligi Yupiter bilan solishtirib ko‘rilgandi. Yupiterda bir sutka 9,8 Yer soatini tashkil etadi.

Saturn halqalari harakati haqidagi ma'lumotlar 1997 yil fazoga chiqarilgan Sassini sayyoralararo stansiyasi tomonidan uzatilgan. Stansiya 2017 yilning aprelida tadqiqotlarning so‘nggi bosqichida sayyora halqalarini Saturnning bulutli qoplamasi ustida 2600 dan 3900 km balandlikda olti marta kesib o‘tgan.

Ma'lumot uchun, Saturn – gaz giganti, Quyosh tizimidagi oltinchi va kattaligi bo‘yicha Yupiterdan so‘ng ikkinchi sayyora hisoblanadi. Sayyora atrofida fanga noma'lum 62 yo‘ldosh va to‘rt halqa aylanadi.

Mavzuga oid
Top