03:57 / 31.01.2019
11799

Ispaniya kubogi. "Barselona" "Sevilya"ga 6ta gol urib, yarimfinalga chiqdi

Foto: Getty Images

Ispaniya kubogi chorakfinalidan o‘rin olgan navbatdagi javob o‘yinlari o‘tkazildi. 

Ilk o‘yinda 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan "Barselona" o‘z  maydonida "Sevilya"ni yirik hisobda mag‘lub etib, yarimfinalga chiqdi. 

"Betis" esa "Espanol"dan ustun keldi va yarimfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Barselona – Sevilya 6:1

Gollar: 1:0 – 13, penalti Koutino, 2:0 – 31 Rakitich, 3:0 – 53 Koutino, 4:0 – 54 Serdji Roberto, 4:1 – 67 Arana, 5:1 – 89 Suares, 6:1 – 90 Messi.
Barselona – Sillessen, Pike, Alba, Serdji Roberto, Langle, Rakitich (Vidal, 76), Buskets, Artur (Alenya, 90), Koutino (Nelson Semedu, 81), Messi, Suares.
Sevilya – Soriano, Ker, Gomes, Arana (Salvaterra, 84), Karrisu, Sarabiya, Banega (Ben-Yyedder, 77), Amadu, Mesa (Vaskes, 77), Promes, Andre Silva.
Ogohlantirishlar: Suares (30), Mesa (30), Karrisu (34), Gomes (72).

Ilk uchrashuv: 0:2

Betis – Espanol 3:1

Gollar: 0:1 – 33 Baptistao, 1:1 – 76 Lo Chelso, 2:1 – 95 Leon, 3:1 – 99 Mandi.

Ilk uchrashuv: 1:1

Top