«Valensiya» Ispaniya kubogi yarim finalining javob uçraşuvida «Betis»ni qabul qilib, 1:0 hisobida ğalaba qozondi va finalda «Barselona»ga qarşi öynaydigan böldi. «Betis» maydonidagi dastlabki bahs 2:2 hisobida yakun topgandi.

«Mestalya»dagi öyin taqdirini 56-daqiqada Rodrigo tomonidan urilgan yagona gol hal etdi. Unga birinçi öyinning 90+2-daqiqasida gol urib, jamoani mağlubiyatdan qutqarib qolgan Kevin Gameyro assistentlik qildi.

Final öyini 25 may kuni Sevilyadagi «Benito Villamarin» stadionida bölib ötadi.

Ma'lumot uçun, «Barselona» 40 marta Ispaniya kubogi finaligaça yetib borgan bölib, ularning 30tasida qöli baland kelgan. «Valensiya» esa hal qiluvçi bahsda 16 marta maydonga tuşib, ularning 7tasini öz foydasiga hal etgan. Valensiyaliklar oxirgi marta 2008 yilda mamlakat kubogi finalida öynaşgandi.

Ispaniya kubogi
1/2 final, javob uçraşuvi
Valensiya – Betis 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 56 Rodrigo.
Valensiya – Domenek, Gabriel, Gayya, Piççini, Ronkalya, Vass (Soler, 75), Parexo, Koklen, Gedeş, Gameyro (Diakabi, 85), Rodrigo (Çeryşev, 68).
Betis – Robles, Sidney (Feddal, 84), Mandi, Bartra, Lo Çelso, Kanales, Guardado (Telo, 79), Vilyam Karvalyu, Xese, Gerrero (Moron, 65), Sançes.
Birinçi öyin: 2:2